Ingliz tili grammatikasi kitobi — LISON A1–A2 | Abdulazim Abdulqodir
Asosiy mazmunga o'tish
LISON
INGLIZ TILINI TIZIMLI O'RGANING

Ingliz tilini
LISON bilan o'rganing

O'zbek tilidagi sodda izohlar, matnlar, lug'at va testlar bilan A1 dan A2 gacha bosqichma-bosqich rivojlaning.

Darajangizni bilib oling
LISON A1 Basic Grammar of English kitobi muqovasiLISON A2 Basic Grammar of English kitobi muqovasi
MatnlarA1–A2 o'qish kutubxonasi Lug'atSo'zlar va talaffuz QoidalarGrammatika va fonetika TestBilimingizni tekshiring
BEPUL NAMUNA

Kitobni ko'rib chiqing

A1 va A2 kitoblaridan tanlangan sahifalarni saytda o'qing yoki PDF yuklab oling.

Namunani ochish
LISON A2 Basic Grammar of English kitobi muqovasi
LISON A1 Basic Grammar of English kitobi muqovasi
Grand Ta'lim Markazi

LISON

Basic Grammar of English

Ingliz tili grammatikasini o'zbekcha tushuntirishlar, amaliy mashqlar va QR-audio bilan bosqichma-bosqich o'rganing. LISON A1 va A2 kitoblari yangi boshlayotganlar hamda asosiy bilimlarini mustahkamlamoqchi bo'lganlar uchun.

YouTube Telegram Instagram Facebook Grand Ta'lim
3,000+Sotilgan nusxa
50+Grammatik mavzular
200+Amaliy mashqlar
100+Audio darsliklar

"LISON" — nima uchun aynan
bu kitob?

UNIT 8102 — 103
"May / Might" modal fe'llari
I may play football tomorrow.
(Balki ertaga futbol o'ynarman.)

I might play football tomorrow.
(Balki ertaga futbol o'ynarman. Ayrim vaziyatlarda might ehtimolning noaniqroq ekanini bildirishi mumkin.)
📝 EXERCISE 8.1 — Translate into Uzbek
1 He may read. — He may read a newspaper.
2 She may cook. — She may cook pilaf.
3 It may rain. — It may rain today.
4 Jack may bring. — He may bring his passport.
Audio tinglash
QR-kodni skanerlang
AA

Abdulazim Abdulqodir

Muallif

LISON — o'zbek tilidagi o'quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan ingliz tili grammatikasi qo'llanmasi. Har bir qoida avval ingliz tilida, keyin o'zbek tilida misollar bilan tushuntiriladi.

Kitobning eng katta afzalligi — soddalik. Grammatik qoidalar eng tushunarli shaklda berilgan bo'lib, turli ranglar yordamida darslarni oson ajratib olish mumkin.

Kundalik muloqotda eng ko'p uchraydigan so'zlar va iboralar, Britaniya va Amerika ingliz tili o'rtasidagi leksik farqlar, har sahifada qo'shimcha lug'at va QR-kod orqali audio materiallar — bularning barchasi LISON ni boshqa grammatika kitoblaridan ajratib turadi.

Misollar berishda milliy qadriyat va ma'naviyatga e'tibor qaratilgan bo'lib, kitob guruhda ham, mustaqil ham foydalanishga mo'ljallangan.

LISON A1 — Birinchi kitobBepul namuna
LISON A2 — Ikkinchi kitobBepul namuna

Nima uchun LISON
alohida?

Eng sodda usullar

Ingliz tili grammatikasiga oid murakkab qoidalar eng tushunarli va sodda shaklda izohlab berilgan.

🇬🇧 🇺🇿

Ikki tilda misollar

Har bir qoida uchun avval ingliz tilida, keyin o'zbek tilida misollar keltirilgan — tushunish osonlashadi.

🎨

Turli ranglar bilan

Darslarni oson ajratish va eslab qolish uchun ranglar tizimi qo'llanilgan — vizual xotira ishga tushadi.

QR-kod orqali audio

Tinglab-tushunish malakasini rivojlantirish uchun har bir darsda QR-kod orqali audio materiallar mavjud.

🇺🇸 🇬🇧

Leksik farqlar

Britaniya va Amerika inglizchasida kundalik so'zlar qanday farqlanishini misollar bilan ko'ring.

📚

Qo'shimcha lug'at

Har betda turli mavzularga oid qo'shimcha lug'at va yangi so'z hamda iboralar tarjimalari berilgan.

O'zingizga mos darajani tanlang

LISON ikki darajada mavjud — yangi boshlovchilar uchun A1 va boshlang'ich darajadagilar uchun A2.

Beginner Level

LISON A1

Ingliz tilini noldan boshlang

  • To be fe'li va asosiy tuzilmalar
  • Present Simple va Present Continuous
  • Artikl va olmoshlar
  • Kundalik so'zlar va iboralar
  • Audio materiallari (QR-kod)
Elementary Level

LISON A2

Bilimlaringizni mustahkamlang

  • Past Simple va Future tenses
  • Modal fe'llar (may, might, can)
  • Murakkab gap tuzilmalari
  • Kengaytirilgan lug'at
  • Audio materiallari (QR-kod)

Bir nazar tashlang

Ranglar bilan ajratilgan darslar, amaliy mashqlar va ikki tilda misollar.

Bilimingizni sinab ko'ring!

Kitobni tanlang — har bir unit uchun alohida testlar va kitob bo'yicha yakuniy imtihon sizni kutmoqda.

Lug'at mashqlari va musobaqa imkoniyatlari endi Lug'at bo'limida bir joyda:

📚 Lug'at bo'limiga o'tish

O'quvchilarimiz nima deydi?

LISON YouTube kanali (@lison_uzb) obunachilarining haqiqiy izohlaridan.

▶ YouTube♥ 34

"YouTube'da sizni tanladim. Sizni juda yaxshi tushunyapman — noldan boshladim. Rahmat!"

M
@Mkmk

YouTube obunachisi

▶ YouTube♥ 21

"Ajoyib dars, kattakon rahmat sizga — juda sodda tilda tushuntirilgan. Perfect!"

M
@muhtoryusufjanov

YouTube obunachisi

▶ YouTube♥ 14

"Juda tushunarli bo'libdi. Motivatsiya berib, hazil bilan shunday ajoyib dars o'tar ekansiz — zerikishga vaqt qolmadi. Katta rahmat, ustoz!"

S
@speedx6187

YouTube obunachisi

▶ YouTube♥ 14

"This is a super o'qituvchi! 😄"

O
@onatiliniorganing

YouTube obunachisi

▶ YouTube

"Men Emiratda ishlayman. Maktabda ingliz tili o'tilmagan edi — Emiratga kelib ingliz tilini lison.uz orqali o'rgandim. Rahmat sizlarga, Alloh rozi bo'lsin!"

N
@nusratillo5460

YouTube obunachisi

▶ YouTube

"Ustoz Abdulazim Abdulqodirga katta rahmat! Faqat YouTube orqali darslarini ko'rib ingliz tiliga birinchi qadamimni qo'ydim. Bugun esa kitobini olib o'qish nasib qildi."

Z
@zilolalola5478

YouTube obunachisi

LISON kitobini ko'ring

Kitob haqida batafsil ma'lumot uchun videoni tomosha qiling.

LISON kitob taqdimoti
YouTube da tomosha qilish ▸

Biz bilan bog'laning

Qo'shimcha materiallar, audio darslar va muallif bilan bevosita aloqa uchun.

Ko'p so'raladigan savollar

LISON kitobi nima?

LISON — o'zbeklar uchun maxsus yozilgan ingliz tili grammatikasi kitobi. Murakkab grammatik qoidalar sodda tilda, avval ingliz, keyin o'zbek tilidagi misollar bilan tushuntirilgan.

LISON qaysi darajalar uchun mo'ljallangan?

Kitob ikki darajada mavjud: yangi boshlovchilar uchun LISON A1 va boshlang'ich bilimga ega bo'lganlar uchun LISON A2.

Ingliz tilini noldan o'rganish uchun mos keladimi?

Ha. LISON A1 ingliz tilini mutlaqo noldan boshlayotganlar uchun mo'ljallangan — To be fe'li va eng asosiy tuzilmalardan boshlanadi.

Kitobda audio darslar bormi?

Ha. Har bir darsdagi QR-kodni telefon kamerasi orqali skaner qilib audio darsni tinglashingiz mumkin. Audio materiallar @lison_audio Telegram kanalida ham mavjud.

LISON kitobini qanday buyurtma qilaman?

Kitobni buyurtma qilish yoki muallif bilan bog'lanish uchun Telegram botimizga yozing: @lison_savol_bot.

Ingliz tilini qancha vaqtda o'rganish mumkin?

Bu shaxsiy mehnatga bog'liq. LISON tizimli yondashuv beradi: har kuni 30–60 daqiqa muntazam shug'ullansangiz, A1 darajani bir necha oyda o'zlashtirishingiz mumkin.

LISON va Raymond Murphy (English Grammar in Use) farqi nimada?

Murphy kitobi to'liq ingliz tilida yozilgan. LISON esa aynan o'zbeklar uchun — har bir qoida o'zbek tilida tushuntiriladi, o'zbekcha misollar va audio bilan beriladi, shuning uchun boshlang'ichlar uchun ancha qulay.

O'zingizga mos kitobni tanlang

Har bir kitobni Telegram orqali yoki Hilol Nashr internet-do'konidan buyurtma qilishingiz mumkin.